Aloqa harbiy instituti Fanlar akademiyasi bilan hamkorlik qiladi

Post Thumbnail

Aloqa harbiy instituti Fanlar akademiyasi bilan hamkorlik qiladi

Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan ilm fan, texnologiya va innovatsion loyihalar asosida hamkorlikni yolga qo‘yish maqsadida uchrashuv tashkil qildi.

Asosiy maqsadi Fanlar akademiyasida faoliyat yuritib kelayotgan akademiklar bilan iqtidorli yosh ofitser va kursantlarning oʻzaro muloqotini yoʻlga qoʻyish, ilm-fan sohasidagi eng muhim vazifalarni muhokama qilish hamda ilm-fan yoʻnalishida yechimini kutayotgan masalalar toʻgʻrisida hamkorlik qilishdan iborat. 

Uchrashuvda soha vakillari, O‘zbekiston Qurolli Kuchlar salohiyatini yanada rivojlantirish borasida harbiy texnika sohasida olib boriladigan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni o‘zaro muvofiqlashtirish, ishlab chiqish va  yangi innovatsion loyihalar tashkil qilish bo‘yicha kelishib oldilar.