Aloqa harbiy instituti kursantlari soʻnggi yakuniy nazorat imtihonlaridan oʻtmoqda

Post Thumbnail

Aloqa harbiy instituti kursantlari soʻnggi yakuniy nazorat imtihonlaridan oʻtmoqda

Boʻlajak ofitserlar uchun “gʻalvir suvdan koʻtariladigan palla” boshlandi. Chunki soʻnggi yakuniy nazorat imtihonlari bitiruvchi kursantlarning ikki yil davomida qay darajada bilim va malakaga ega boʻlganini sinovdan oʻtkazadi.

Ayni kunlarda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida 5-bosqich kursantlarning yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlari boʻlib oʻtmoqda. Unda boʻlajak ofitserlar oʻzlarining mutaxassisliklari hamda gumanitar fanlar, taktik-maxsus tayyorgarlik, xorijiy tillar va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv yili davomida olgan nazariy hamda amaliy bilimlarini sinovdan oʻtkazmoqda.

Kursantlarga yakuniy imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari uchun barcha qulaylik va shart-sharoitlar yaratilib, professor va malakali oʻqituvchi ofitserlar tomonidan qoʻshimcha konsultatsiyalar oʻtilgan.

Yakuniy sinovlardan oʻtgan kursantlarga davlat attestatsiya imtihonlarini topshirishga ruxsat beriladi.