Aloqa harbiy institutida 8-mart xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Post Thumbnail

Aloqa harbiy institutida 8-mart xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “8-mart Xalqaro xotin – qizlar kuni” bayramiga bag‘ishlab tadbir o‘tkazildi. Unda harbiy xizmatchilar Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilari va harbiy institutda xizmat qilayotgan ayollar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar 8-mart Xotin-qizlar bayrami gozal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak berishligi, ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bolib kelganligi, ayol deganda koz ongimizda avvalo, ulug va tabarruk ona siymosi gavdalanishligi haqida ilq fikrlar bildirib, ularni bayram bilan tadbirklashib, uzoq umr, mustahkam sog‘lik, oilaviy totuvlik, honadonlariga qut baraka tilashdi. 

Shu o‘rinda, harbiy institutda xizmat qilayotgan barcha shaxsiy tarkibni onalarini, turmush o‘rtog‘i va qizlarini, opa-singillarini ushbu bayram bilan muborakbod etamiz.

Mayor Sherqo‘zi Xakimov