Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “IT — xafsizlik qalqoni. Harbiy sohaga axborot texnologiyalarini integratsiya qilishdagi muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda institut professor-o‘qituvchilari, kursantlari va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta o‘qituvchilari hamda boshqa bir qator ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.

 

Anjumanni Axborot-komunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshlig‘i podpolkovnik B.Rahimov ochib berdi. Shundan so‘ng anjumanda “Kiberxavfsizlikni ta’minlashning dolzarb muammolari”, “Raqamlashtirish va apparat-dasturiy mahsulotlarni yaratishning istiqbolli yo‘nalishlari”, “Harbiy sohaga axborot texnologiyalarini integratsiya qilishdagi muammo va yechimlar”, “Harbiy ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitishda innovatsion yechimlar” kabi mavzularda bir qator ma’ruzalar, fikr-mulohazalar va takliflar tinglandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar institut rahbariyati tomonidan taqdirlandi.