Matematika fanidan o'tkazilgan olimpiyada natijalari e'lon qilindi

Post Thumbnail

Matematika fanidan o'tkazilgan olimpiyada natijalari e'lon qilindi

 

Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalarida harbiy kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish, harbiy xizmatchilarning o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishini orttirish, oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish va barqaror izlanuvchanlik ruhiyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, MDHga a’zo davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Xalqaro fan olimpiadalarining final bosqichida ishtirok etish uchun munosib nomzodlarni saralash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining 2023-yil 20-sentabr “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari jamoalarining fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko‘rishini tashkillashtirish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 158-sonli buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining 2024-yil 
11-yanvardagi 10/162 sonli talabnomasiga asosan Mudofaa vazirligi OHTMlari o‘rtasida 2024-yil 31-yanvar va 1 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Harbiy Tibbiyot Akademiyasidaga “Matematika” fan olimpiadasi ikki bosqichda tashkillashtirildi va yuqori saviyada o'tkazildi.

 

Birinchi bosqich 2024-yil 31-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi va to‘plangan ballar hisobida birinchi o‘rin CHOTQMBU, ikkinchi o‘rin AKT va AHI, uchinchi o‘rin QK Akademiyasi va to‘rtinchi o‘rin Aviatsiya bilim yurti.

Ikkinch bosqich 2024-yil 1-fevral kuni bo‘lib o‘tdi va to‘plangan ballar hisobida birinchi o‘rin QK Akademiyasi, ikkinchi o‘rin AKT va AHI, uchinchi o‘rin CHOTQMBU, va to‘rtinchi o‘rin Aviatsiya bilim yurti.

Umumiy ikkala bosqichda to‘plangan ballar yug‘indisi hisobida birinchi o‘rin AKT va AHI hamda CHOTQMBU (456 balldan), ikkinchi o‘rin QK Akademiyasi (452 ball) va uchinchi o‘rin Aviatsiya bilim yurti (129 ball) deb topildi.