Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi targʻibotchilari Aloqa harbiy institut mehmoni boʻldi

Post Thumbnail

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi targʻibotchilari Aloqa harbiy institut mehmoni boʻldi

Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy-vatanparvarlik boʻlimi boshligʻi, “Maʼrifat” targʻibotchilari — el ardog‘idagi taniqlik san’atkorlar Tolip Xojiev, Gavhar Zokirova, Alisher Otaboyev hamda shoir Anvar Nishonov, shuningdek, harbiy xizmatchilar ularning oila aʼzolari hamda oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz mamlakat xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlashga qodir, harakatchan va puxta qurollangan qudratli kuchga aylangani xususida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Shoir va sanʼatkorlarning badiiy chiqishlari oʻzgacha shukuh bagʻishladi.