Biz haqimizda

    

 

      Qurolli Kuchlar turli yo‘nalishlariga yuqori malakali aloqachi ofitserlarni tayyorlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 12 fevraldagi PF-560 sonli Farmoniga asosan Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (TEAI) qoshida Maxsus fakultet tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining 2019 yil 17- yanvardagi PQ-4122 sonli Qaroriga asosan ushbu Maxsus fakultet negizida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2008 yil 20 - martdagi 192 - sonli buyrug‘i bilan 12 - fevral sanasi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakulteti tashkil topgan kun deb belgilangan. 2024 yil 12 - fevral sanasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti tashkil topganligiga 31 yil to‘ldi. Ushbu yillar davomida mazkur oliy harbiy dargoh tomonidan turli soha mutaxassislari bo‘lgan minglab ofitserlar tayyorlanib qo‘shinlarga jo‘natildi. Uning bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining deyarli barcha qo‘shilma va qismlarida xizmat qilishgan va xizmat qilib kelishmoqda. Yana bir qator bitiruvchilar harbiy boshqaruv organlarida yuqori lavozimlarni egallab, qo‘shinlarda qo‘shilma va qismlarni boshqarayotgan bo‘lsa, kimlardir olis-olis gornizonlarda, chegaralarda o‘z xizmatlarini o‘tashmoqda, kimlardir esa O‘zbekiston Respublikasidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullanib kelishmoqda. Bizning bitiruvchilar qayerda va qanday lavozimda xizmat qilishlariga qaramay, ular Vatan himoyasidek muqaddas burchlarini sharaf bilan ado etib kelishmoqda. Hozirgi vaqtda Harbiy institutning kadrlar potensiali yuqori ilmiy salohiyatli va malakali mutaxassislardan iborat bo‘lgan uyushgan katta ijodiy jamoa a’zolari – harbiy xizmatchilardan va fuqaroviy shaxslardan tashkil topgan bo‘lib, ular zamonaviy malaka talablari darajasidagi ofitserlarni tayyorlashni ta’minlab kelmoqdalar.

Hurmat ila, AKT va AHI boshlig‘i

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga dasturchi muhandislarni tayyorlovchi tayanch oliy harbiy oʻquv bilim yurti hisoblanadi.

Institut tarixi

 

Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari qism va boʻlinmalari uchun yuqori malakali aloqachi ofiserlarni tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 12- fevraldagi PF-560 sonli farmoniga asosan Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (TEAI) qoshida Maxsus fakultet tashkil etildi. Ushbu Maxsus fakultet tarkibidagi «Radioaloqa va kanal hosil qiluvchi qurilmalari» kafedrasi boshligʻi lavozimida t.f.n., dotsent, podpolkovnik X. Soatov xizmat qilgan.

1998 yili Maxsus fakultetning tashkiliy-shtat tuzilmasi takomillashtirilishi natijasida «Radioaloqa va kanal hosil qiluvchi qurilmalari» kafedrasi negizida yangi, ikkita alohida – «Radioaloqa» va «Radiorele tizimlari va uzoq masofali aloqa apparaturalari» kafedralari tashkil qilingan. «Radiorele tizimlari va uzoq masofali aloqa apparaturalari» kafedrasi boshligʻi lavozimida polkovnik S.Jalilov faoliyat yuritgan. 2006 yil aprel oyidan boshlab «Radiorele tizimlari va uzoq masofali aloqa apparaturalari» kafedrasi Maxsus fakultetning yangi tashkiliy-shtat tuzilmasiga asosan «Telekommunikatsiya» kafedrasi deb nomlandi va kafedra boshligʻi lavozimida t.f.n., dotsent, podpolkovnik A.Eshmurodov faoliyat yuritgan. 2007-2016 yillarda polkovnik M.Kutlimuratov, 2016-2018 yillarda podpolkovnik O.Abduraxmonov, 2018-2019 yillarda podpolkovnik M.Ibragimov, 2019-2024 yillarda t.f.d., professor, kapitan B.Toʻraev kafedra boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib keldi.

 

 

 

 «Telekommunikatsiya» kafedrasini tashkil qilishdan maqsad Respublikamiz mustaqillikka erishilgandan soʻng aloqa qoʻshinlarini yuqori malakali harbiy tayyorgarlikka ega, har tomonlama yetuk, telekommunikatsiya tizimlarini loyihalashtirish va zamonaviy telekommunikatsion qurilmalarni ekspluatatsiya qilishga qodir, har qanday sharoitda qaror qabul qila oladigan kadrlar bilan ta'minlashdan iborat.

Hozirgi kunda ushbu kafedra OʻR MV Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining yetakchi kafedralaridan biri hisoblanib, t.f.d., professor, kapitan B.Toʻraev, t.f.f.d. (PhD), dotsent, kapitan O.Dexkonov, podpolkovnik K.N.Kamborov, Qurolli Kuchlar xizmatchisi, zaxiradagi podpolkovnik, dotsent D.Allayarov va Qurolli Kuchlar xizmatchisi, zaxiradagi podpolkovnik, dotsent N.Xolmatovlar faoliyat koʻrsatib kelishmoqda.

Kafedra tashkil etilgandan bugungi kunga qadar uning tarkibida N. Ismailov, V.R. Uzakov, G. Mirzaev, B.E. Maxmudov, L.B. Sadatov, G.R. Mattiev, U.T. Sultonov, B.Sh. Narzikulov, D.B. Jaksimov, O.B. Qudratov, U.R. Sharipov, B.R. Boykulov, Sh.N. Turapov, S.R. Tuhtaboev kabi harbiy xizmatchi professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritib kelishgan.

      

Hozirgi kunda ushbu kafedrada harbiy telekommunikatsiya texnologiyalarining istiqbolli yoʻnalishlariga mos ravishda quyidagi fanlardan mashgʻulotlar olib boriladi:

- «Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini loyihalash»;

- «Harbiy telekommunikatsiya uzatish tizimlari»;

- «Harbiy radiorele aloqa texnikasi».

Mashgʻulotlarni sifatli va amaliyotga yoʻnaltirilgan koʻrinishda olib borish uchun har bir fanga mos oʻquv-moddiy bazaga ega boʻlgan, qoʻshinlarda foydalanishda boʻlgan zamonaviy telekommunikatsiya vositalari namunalari bilan jihozlangan oʻquv-laboratoriya sinflari mavjud, jumladan, «Ma'lumotlar uzatish tizimi», «Optik tolali aloqa», «Raqamli radiorele aloqa tizimi» va «CISCO tarmoq texnologiyalari».

Kursantlarning boʻsh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida kafedra qoshida toʻgaraklar tashkil etilgan. Kafedrada toʻgarak mashgʻulotlari reja asosida olib boriladi. «CISCO tarmoq texnologiyalari» toʻgaragiga kafedra oʻqituvchisi podpolkovnik K.N.Kamborov, «Optik tolali aloqa» toʻgaragiga kafedra katta oʻqituvchisi kapitan O.Dexkonov rahbarlik qilmoqda.

Kafedra bitiruvchilari olgan bilim va koʻnikmalarini Qurolli Kuchlarimizning qoʻshilma va boʻlinmalaridagi turli lavozimlarda, oʻz xizmat majburiyatlari va burchlarini sidqidildan bajarish orqali Vatanimiz xavfsizligini ta'minlashda, mudofaasini mustahkamlashda, hamda mustaqilligimizni himoya qilish yoʻlida oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib kelishmoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining ilmiy ishlar rejasiga asosan kafedra professoroʻqituvchilari tomonidan quyidagi ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan:

- № A6-21- MVAKT “Qurolli Kuchlar tizimida dastlabki tibbiy ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan oʻlchov tizimini yaratish apparat-dasturiy majmuasini ishlab chiqish” (2020-2022) loyihasi boʻyicha kapitan O.Dexkonov texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini 19.11.2021 yilda muvaffaqiyatli himoya qildi;

- № A9-21- MVAKT “Oliy harbiy ta'lim muassasalarining elektron axborot ta'lim muhiti va oʻquv jarayonini monitoringini yuritish tizimini yaratish” (2021-2023) loyihasi boʻyicha kapitan B.Toʻraev texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishini 09.09.2023 yilda muvaffaqiyatli himoya qildi.