03 oktyabr 2026

💻 Harbiy xizmatchilar o‘rtasida dasturlash, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik yo‘nalishlariga qiziqishni oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi harbiy dasturchi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
⏱️ Ikki kun davom etgan bellashuvda ishtirokchilar dasturlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, mantiqiy fikrlash qobiliyati hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.
🤝 Tanlov jarayonida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini yanada boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra, yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan hamda faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilar munosib taqdirlandi.
🚀 Mazkur tanlov harbiy xizmatchilarning zamonaviy IT yo‘nalishlaridagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, iqtidorli dasturchilarni aniqlashga xizmat qildi.
