Harbiy Institut Kampusi

Tabdir

“Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami

01 oktyabr 2026

“Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami

🎖️️ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutining barcha shaxsiy tarkibi hamda institut faxriylari ishtirokida 1- oktyabr “Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

🛠️ Tadbir davomida, eng so‘nggi rusumdagi yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan “Robototexnika konstruksiyalari ustaxonasi” tantanali ravishda ochilish marosimi ham o‘tkazildi.

⚙️️ Mazkur ustaxonada talabalar, yosh tadqiqotchilar va ixtirochilar o‘zlarining ilmiy g‘oyalarini nazariyadan amaliyotga ko‘chirishlari, murakkab robototexnika konstruksiyalarini noldan loyihalashtirib, o‘zlari yig‘ishlari uchun barcha zarur sharoitlarni o‘z ichiga oladi.

🚀 Kelgusida ushbu maskanda nafaqat o‘quv loyihalari, balki respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlar uchun innovatsion ishlanmalar, startap loyihalar va amaliy tadqiqotlar bajarilishi rejalashtirilgan.

Barcha yangiliklar