06 oktyabr 2026

📢 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYAGA TAKLIF!
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti tomonidan “Harbiy sohada intellektual texnologiyalar va raqamlashtirishning istiqbollari” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi.
📅 Konferensiya sanasi: 2026-yil 22-oktabr 🔹 Konferensiya yo‘nalishlari: 1️⃣ Qurolli Kuchlarda raqamlashtirilgan tizimlarning dasturiy va texnik ta’minoti; 2️⃣ Qurolli Kuchlar tizimida kiberxavfsizlikni rivojlantirish istiqbollari; 3️⃣ Harbiy kadrlarni tayyorlashda raqamli va innovatsion texnologiyalardan foydalanish; 4️⃣ Telekommunikatsiya, radioaloqa, radiolokatsiya, simsiz texnologiyalar hamda radioelektron razvedka va kurash tizimlarini rivojlantirish; 5️⃣ Harbiy kadrlarni tayyorlashda raqamli va innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari. 🌐 Ishchi tillar: o‘zbek, rus va ingliz tillari. 📝 Materiallarni qabul qilishning oxirgi muddati: 📌 2026-yil 10-oktabr 💻 Konferensiyada tezis bilan ishtirok etish bepul. Ma’ruzachilarga maxsus sertifikatlar beriladi. Ishtirokchilarning maqolalari konferensiyaning elektron hamda ilmiy to‘plamida chop etiladi. 📩 Maqolalarni yuborish: 📧 conferencemiicts@gmail.com 📱 Telegram: @ORD1988 🔔 Ilmiy izlanishlaringizni keng ilmiy jamoatchilik bilan baham ko‘rish va xalqaro konferensiyada ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
