Harbiy Institut Kampusi

Tadbir

ICTWEEK UZBEKISTAN – 2026

24 sentabr 2026

ICTWEEK UZBEKISTAN – 2026

Toshkent shahrida “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2026” AKT haftaligi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi zamonaviy yutuq va innovatsiyalar namoyish etilmoqda.

🏢 Tadbir doirasida “CAEx” (Central Asian Expo Uzbekistan) majmuasida tashkil etilgan “ICT EXPO – 2026” xalqaro ko‘rgazmasiga Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti ofitserlari hamda kursantlari ishtirok etdi.

🔍 Unda harbiy xizmatchilar ko‘rgazma pavilyonlarida taqdim etilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion yechimlar, milliy va xalqaro IT-ishlanmalar bilan yaqindan tanishdi.

⭐ Qayd etish joizki, mazkur tadbir bo‘lajak harbiy aloqachilarning zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, kasbiy salohiyatini oshirish hamda sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etdi.

Barcha yangiliklar